Narx tahlili
Sahifalar
Narx tahlili Tuman/Shahar Prognoz Kutilmalar Jahon narxlari Supermarketlar INI tahlili Inflyatsiya ko'rsatkichlari Haftalik dayjestlar Oylik dayjestlar Foodmonitoring
Harakatlar
Taklif va murojaatlar

Iste'mol tovarlari narxlarining prognozi bo'yicha izoh

Mazkur prognoz iste'mol tovarlarining o'rtacha oylik narxlari dinamikasiga asoslangan holda ishlab chiqildi. Ma'lumotlar asosida joriy oydan boshlab keyingi oylar uchun prognoz qiymatlari shakllantirildi (aniq prognoz davri quyida keltirilgan).

Ma'lumotlar tavsifi

Prognoz uchun foydalanilgan ma'lumotlar:

  • Davriyligi: oylik
  • Ko'rsatkich: iste'mol tovarlari bo'yicha o'rtacha oylik narxlar
  • Qamrov davri: 2023-yil yanvar – 2026-yil sentabr
  • Prognoz davri: 2026-yil oktabr – 2027-yil sentabr

Qo'llanilgan model

Prognozlash jarayonida SARIMA (Seasonal Autoregressive Integrated Moving Average) modeli qo'llanildi. Mazkur model vaqt qatorlari tahlilida keng qo'llaniladigan statistik usul bo'lib, ayniqsa mavsumiy tebranishlar mavjud bo'lgan ko'rsatkichlar uchun samarali hisoblanadi.

Modelning asosiy xususiyatlari

SARIMA modelining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Trendni hisobga olish – vaqt o'tishi bilan narxlarning umumiy yo'nalishini (o'sish yoki pasayish) inobatga oladi.
  • Mavsumiylikni aks ettirish – yil davomida takrorlanadigan davriy o'zgarishlarni (masalan, ayrim oylar kesimidagi narx tebranishlari) modelga kiritadi.
  • O'tgan davr ta'sirini hisobga olish – joriy narx darajasi oldingi oylardagi narxlar bilan bog'liqligini inobatga oladi.
  • Statistik asoslangan prognoz – hisob-kitoblar matematik-statistik usullar asosida amalga oshiriladi va subyektiv baholashlarga tayanmaydi.
  • Qisqa muddatli prognoz uchun moslik – model ayniqsa keyingi uch oy uchun prognozlarda nisbatan yuqori aniqlik beradi.

Prognoz natijalarining talqini

Shakllantirilgan prognoz qiymatlari statistik model asosida hisoblangan bo'lib, ular mavjud trend va mavsumiylik xususiyatlari saqlanib qolishi sharti bilan kelajakdagi ehtimoliy narx dinamikasini aks ettiradi va tashqi omillarni hisobga olmaydi. Shu sababli taklif zanjiridagi uzilishlar, valyuta kursi va import narxlarining o'zgarishi yoki boshqa kutilmagan iqtisodiy shoklar yuzaga kelgan taqdirda prognoz aniqligi pasayishi mumkin.